Animatsiyali emoji boti
Mijozning gʻoyasi asosida yaratilgan bot: ismingizni yozasiz, animatsiyali emojilar tayyor. Sizda ham gʻoya boʻlsa, uni real loyihaga aylantiramiz.
Bu bot mijozning gʻoyasidan kelib chiqqan va uning buyurtmasi asosida yaratilgan. Odatiy bot emas: foydalanuvchi soʻz yozadi, bot uni animatsiyali shablonga joylab, Telegram emoji toʻplamini tayyorlab beradi.
- Telegram ichidagi ilova (Mini App): matn yoziladi, shablonlar jonli animatsiya bilan koʻrinadi
- Ism va logo shablonlari, rang va shrift tanlash
- Koʻp buyurtmani tez bajarish uchun bir nechta yordamchi bot bilan ishlaydi
- Kartochkadagi emojilar shu botning oʻz shablonlaridan olingan
Sizda ham gʻoya bormi? Uni real loyihaga aylantiramiz.



